Savolingiz bormi?
10 20 123 456
info@mydomain.com
Kirish
Ro'yxatdan o'tish
Bosh Sahifa
O'qitish amaliyoti
Barchasi
Kutubxona
Online Do'kon
Kutubxona
Yangiliklar
Kurslar
Videolar
Biz Haqimizda
Inklyuziv ta'lim asoslari
Minimal o'tish ko'rsatkichi:
70%
1.
Respublikamizda ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan nechinchi yilda «Oʻzbekistonda inklyuziv ta’lim» loyihasi amalga oshirilgan?
2020
2007
2021
2017
2.
Inklyuziv ta’lim tushunchasiga ta’rif bering…
Inklyuziv ta’lim – oʻquvchilarning imkoniyatlari, individual-psixologik, jismoniy nuqson va oʻzlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladigan ta’lim jarayonidir
Inklyuziv ta’lim jismoniy va psixik imkoniyatlari cheklangan oʻquvchilarni sogʻlom oʻquvchilar bilan birgalikda oʻqitishni anglatadi
Inklyuziv ta’lim bu ta’lim jarayonida sogʻlom bolalar bilan bir qatorda alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning aqliy va ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirish
Hamma javoblar to’g’ri
3.
Inklyuziv ta’limning maqsadi bu ______
Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar uchun maktabda maxsus vosita va metodlarni qoʻllash orqali maxsus pedagoglarni jalb etgan holda toʻsiqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, ularning jamiyatga samarali moslashuvini ta'minlash
Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim tarbiya berishda ularni sog’lom bolalar qatoridan ajratib olish
O‘quvchilarning individual ehtiyojlari, qobiliyatlari, yoki rivojlanish sur’atlarini hisobga olmasdan standart metodlar bilan ishlash
Faqat an’anaviy usullar bilan dars o‘tish, individual yondashuvni inkor etish
4.
Imkoniyati cheklangan oʻquvchilarning ta’lim muassasasida oʻqishni davom ettirishlari va faqatgina oʻzlari kabi imkoniyati cheklanganlar muhitida boʻlishlari ularning rivojlanishlari, ijtimoiylashishlariga qanday ta’sir koʻrsatishi mumkin?
Ijobiy
Ta'sir qilmaydi
Salbiy
To’g’ri javob yo’q
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 638-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qachon tasdiqlangan?
2021 yil 12 oktyabrda
2020 yil 6 noyabrda
2018 yil 5 sentyabrda
2019 yil 29 aprelda
6.
2020 yil 13 oktyabrda qabul qilingan «Alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta'lim- tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida qanday asosiy muammolar ko‘rsatilgan?
Inklyuziv ta'lim berish metodikasiga oid fanlar kiritilmagan
Alohida ta'lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta'lim muassasalarida ular uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan
Hamma javoblar to’g’ri
Alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta'lim muassasalari zaruriy adabiyotlar bilan to’liq ta’minlanmagan
7.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berilgan. Bu konsepsiya qachon va kim tomonidan tasdiqlangan?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ 3931-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 638-son
8.
“Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi” qachon qabul qilingan?
1945
1997
1948
2000
9.
Bolalarni huquqlarini muhofaza qilish maqsadida BMT nechinchi yilda “Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”ni qabul qildi?
1948
1945
1989
2007
10.
BMT nechinchi yilda “Nogiron shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Deklaratsiyani qabul qildi?
1989
1945
1975
1994
Testni yakunlash va natijani ko'rish